date

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan so'ng tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu o'yinda ham u qaydnomadan joy olmaydi.

Jezushning aytishicha, jamoa zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy buning ortida shanba kungi muhim «Al-Fateh»ga qarshi bahs turganini ta'kidladi.

Shuningdek, Jezush Ronalduga dam berilishi yangilik emasligini eslatdi: u Saudiya Arabistoni tashqarisida o'tadigan uchrashuvlarda birinchi marta qatnashmayotgani yo'q.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi