Djikya klubini o'zgartirishi mumkin, agent sababini aytdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikyaning kelajagi borasida uning agenti Malik Arutyunov fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning so'zlariga ko'ra, futbolchi maoshning kechiktirilayotganidan norozi va shu bois Rossiya Premyer-ligasi klublaridan tushayotgan variantlarni ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, to'lovlar noyabr oyidan beri ushlanib kelmoqda, aks holda Djikya Turkiyadagi sharoitlardan mamnun.
32 yoshli himoyachi «Antalyaspor» safiga o'tgan yozda kelib qo'shilgan. U turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Joriy mavsum Turkiya Superligasida Djikya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing