date

Kapello Bastonining hakamni aldaganini keskin qoraladi

Kapello Bastonining hakamni aldaganini keskin qoraladi

Italiyalik taniqli mutaxassis Fabio Kapello, avval Madridning «Real» klubi hamda Rossiya terma jamoasida ishlagan murabbiy, A Seriyaning «Inter» – «Yuventus» uchrashuvida (3:2) yuz bergan bahsli epizod haqida fikr bildirdi. O‘yinda turinliklar himoyachisi Pyer Kalulu qizil kartochka oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kapelloning aytishicha, Italiya terma jamoasi futbolchisi Alessandro Bastoni o‘zini bunday tutmasligi kerak. Murabbiy simulyatsiya orqali hakamni chalg‘itgan holatni «jirkanch» deb atadi va «Inter» bosh murabbiyi Kivuning o‘yinchisini oqlayotgandek ko‘ringan gaplari ham uni ranjitganini ta’kidladi. Bu fikrlarni Gazzetta dello Sport nashri keltirdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «neradzurrilar» A Seriya turnir jadvalida peshqadamligini mustahkamladi, «keksa sinora» esa beshinchi pog‘onada bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kapello Bastonining hakamni aldaganini keskin qoraladi