Ronaldu uchun Yevropa grandlarida variantlar ko‘rib chiqilmoqda

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o‘zgartirishi ehtimoli yana kun tartibiga chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendes yozgi transfer oynasi oldidan Yevropaning yetakchi klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli Ronalduni tarkibga qo‘shish variantini taklif qilmoqda.
Bir necha yil avval OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan so‘ng yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hamon Mendes agentligining mijozi sifatida ko‘rsatilgan.
Ronalduning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!