Emiliano Martines APLda eng yuqori seyv foizini qayd etmoqda

“Aston Villa” darvozaboni Emiliano Martines joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida seyvlar foizi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichni namoyish etyapti. Football Insider xabariga ko‘ra, jahon chempioni bo‘lgan golkiper APL darvozabonlari orasida eng yuqori natija — 77 foizlik seyv ulushiga ega. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Martines bu mavsum klub safida jami 28 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushdi, shundan 22 tasi Premyer-liga doirasida. Aynan APLdagi 22 uchrashuvda u bor-yo‘g‘i 19 ta gol o‘tkazib yubordi.
“Aston Villa” esa turnir jadvalida yetakchilar safida qolmoqda: birmingemliklar 50 ochko bilan APLda sof uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing