Fayzullayev: “Kanadadagi muxlislar bizni hayratda qoldirdi”

Fayzullayev: “Kanadadagi muxlislar bizni hayratda qoldirdi”

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev Kanadada jamoani iliq kutib olgan muxlislar haqida samimiy fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday darajadagi qo‘llab-quvvatlash jamoa uchun kutilmagan, ammo juda yoqimli bo‘lgan.

“Jahon chempionati oldidan Kanadada bizni kutib olishganidan juda ham xursandmiz. Rostini aytsam, bunchalik ko‘p muxlislarimiz kelishini kutmagandik. Bu albatta juda yoqimli holat”, — dedi Fayzullayev.

Futbolchi muxlislarning ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi jamoaga yanada kuch bag‘ishlashini ta’kidladi. Shuningdek, u yaqinlashib kelayotgan o‘yinlarda muxlislarni xursand qilishga harakat qilishlarini ham qo‘shimcha qildi.

“Jahon chempionati oldidan, Xudo xohlasa, Kanadada bo‘ladigan o‘yinimizda muxlislarimizni xursand qilamiz”, — deya so‘zlarini yakunladi u.

Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro boshchiligidagi vakillarimiz, 2 iyun kuni safarda Kanada terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kanadaga qarshi bahs Edmonton shahridagi “Commonwealth” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da start oladi. Ertalabki vaqtga qaramay, milliy terma jamoamizning har bir o‘yini hozir yurtimizda katta qiziqish bilan kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar