date

Cristiano Ronaldo 2030-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadimi?

Cristiano Ronaldo 2030-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadimi?

Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti Pedro Proenca 2030-yilgi Jahon chempionatida Cristiano Ronaldo terma jamoa safida maydonga tushishi borasidagi savollarga javob berdi. Al-Nassr yulduzi hamon milliy jamoaning asosiy figurasi boʻlib qolayotgan boʻlsa-da, uning 45 yoshida yirik turnirda qatnashish imkoniyatlari mutaxassislar tomonidan shubha ostiga olinmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Proenca Bola Branca konferensiyasida soʻzga chiqib, fiziologik omillar sababli Ronaldoning navbatdagi mundialda futbolchi sifatida qatnashishi katta syurpriz boʻlishini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, 2030-yilga borib hujumchining jismoniy holati bunday yuqori darajadagi musobaqa talablariga javob bermasligi mumkin, biroq hammasi oʻsha vaqtdagi murabbiylar shtabi va futbolchining holatiga bogʻliq boʻladi.

Federatsiya rahbari Cristiano Ronaldo faoliyatini yakunlaganidan soʻng ham Portugaliya futbolida istalgan rolni egallashi mumkinligini bildirdi. "Cristiano Portugaliya futbolida kim boʻlishni istasa, oʻsha boʻladi. Bu nafaqat sport nuqtayi nazaridan, balki brend va marketing salohiyati boʻyicha ham noyob holatdir", — deya qoʻshimcha qildi Proenca.

Shuningdek, Pedro Proenca terma jamoaning kelajagi haqida gapirar ekan, Ronaldoning ketishi fojia sifatida qabul qilinmasligi kerakligini aytdi. Federatsiya hozirda moliyaviy va sport barqarorligini taʼminlash uchun faqat bir yoki ikki nafar yulduz futbolchiga bogʻlanib qolmaslik strategiyasi ustida ishlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Cristiano Ronaldo 2030-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadimi?