Kovach Borussiya va Atalanta imkoniyatlarini teng deb bildi

Dortmundning «Borussiya» jamoasi bosh murabbiyi Niko Kovach «Atalanta»ga qarshi yaqinlashib kelayotgan to‘qnashuv oldidan ikki klubning 1/8 finalga chiqish imkoniyatlari deyarli bir xil ekanini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis italiyaliklar 2024 yilda Yevropa Ligasi chempioni bo‘lganini eslatib o‘tdi. O‘shanda jamoani Jan Piero Gasperini boshqargan.
«Bo‘sh hududlardan foydalanib, vaziyatlar yaratishimiz mumkin bo‘ladigan pallalar bo‘ladi. Biroq “Atalanta” juda kuchli raqib. Menimcha, imkoniyatlar taxminan teng», — deya Kovachning so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.
Kovach juftlikdagi uchrashuvlar keskin va qiziqarli o‘tishini qo‘shimcha qildi. Birinchi o‘yin 17 fevral kuni Dortmundda bo‘lib o‘tadi va start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
Javob bahsi esa 25 fevral kuni Bergamoda o‘tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!