date

RB Leyptsig asosiy posbonidan bir muddatga ayrildi

RB Leyptsig asosiy posbonidan bir muddatga ayrildi

Germaniyaning «RB Leyptsig» klubi tajribali darvozabon Peter Gulachini kamida bir yarim oyga yo‘qotdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vengriyalik posbon yaqinda «buqalar»ning «Volfsburg»ga qarshi uy uchrashuvida jarohat oldi va birinchi bo‘limdayoq maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi.

Yaxshi tomoni, Gulachiga jarrohlik amaliyoti kerak emas. Unda chap tizzadagi medial kollateral bog‘lam uzilgani aniqlangan. Darvozabon joriy mavsumda 22 rasmiy o‘yinda maydonga tushib, ularning 10 tasida darvozasi daxlsiz qolgan.

Bundesliga turnir jadvalida «RB Leyptsig» hozircha 40 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » RB Leyptsig asosiy posbonidan bir muddatga ayrildi