date

Eski An-24 oʻrnini bosuvchi Il-114-300 sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtdi

Eski An-24 oʻrnini bosuvchi Il-114-300 sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtdi

Birlashgan aviatsiya korporatsiyasi (OAK) Il-114-300 yoʻlovchi samolyotini sertifikatlashning yakuniy bosqichiga keldi. OAK rahbari Vadim Badexa TASS agentligiga bergan intervyusida maʻlum qilishicha, tur sertifikatini olish uchun zarur boʻlgan barcha sinov parvozlari muvaffaqiyatli yakunlangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi havo kemasini ishlab chiqish ishlari tarkibiga OAK kiruvchi "Rostex" davlat korporatsiyasi korxonalari tomonidan olib borilmoqda. Il-114-300 samolyoti sobiq ittifoq davrida yaratilgan Il-114 modelining modernizatsiya qilingan varianti hisoblanadi.

OAK ushbu loyiha orqali seriyali ishlab chiqarishni qayta tiklashni maqsad qilgan. Kutilishicha, yangi layner ichki avialiniyalarda maʻnan eskirgan An-24 samolyotlari, shuningdek, xuddi shu toifadagi xorijiy havo kemalari oʻrnini egallaydi.

Avvalroq samolyot Arktika sharoitida qoʻshimcha sinovlardan oʻtib, oʻzining parvoz-texnik xususiyatlarini tasdiqlagan edi. Rejaga koʻra, 2030-yilga borib ishlab chiqarish hajmi yiliga 12 ta samolyotga yetkazilishi lozim.

Yangi texnikaning ilk foydalanuvchilari shimoliy hududlarda faoliyat yurituvchi aviakompaniyalar, xususan, Ikkinchi Arxangelsk aviatsiya otryadi boʻlishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Eski An-24 oʻrnini bosuvchi Il-114-300 sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtdi