date

O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 uchun yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi

Butun o‘zbek futboli ahli yillar davomida orziqib kutgan tarixiy lahzalar tobora yaqinlashmoqda! Bugun, 2 iyun kuni Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan Jahon chempionatida ishtirok etuvchi milliy terma jamoalarning yakuniy qaydnomalari rasman e’lon qilinadi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) mundialda Vatanimiz sharafini himoya qiladigan 26 nafar futbolchidan iborat asl tarkibni kecha, 1 iyun kuni FIFA tashkilotiga taqdim etib ulgurgan edi. Mashhur «Wikipedia» ochiq ensiklopediya portali esa vakillarimizning ushbu tarixiy musobaqa uchun tanlab olingan yakuniy ro‘yxatini muddatidan oldin ommaga oshkor qildi.

Tarkibdan tashqarida qolgan alamli to‘rtlik

Bosh murabbiy Fabio Kannavaroning dastlabki kengaytirilgan 30 talik ro‘yxatidan joy olib, okean ortiga — AQSHga yo‘l olgan, biroq yakuniy 26 talik baxtli futbolchilar qatoriga kira olmay qolgan 4 nafar hamyurtimizning ism-shariflari ham ayon bo‘ldi. Vatanga qaytishga majbur bo‘lgan bu futbolchilar: hujumchi Sherzod Temirov hamda yarim himoyachilar Jasur Jaloliddinov, Ruslanbek Jiyanov va Umarali Rahmonaliyevdir.

Quyida Jahon chempionati yashil maydonlarida yurtimiz sha’nini ulug‘lash uchun maydonga tushadigan 26 nafar o‘zbek o‘g‘lonlarining to‘liq ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

Milliy terma jamoamizning rasmiy qaydnomasi:

Darvozabonlar:

  • O‘tkir Yusupov («Navbahor»)

  • Botirali Ergashev («Neftchi»)

  • Abduvohid Ne’matov («Nasaf»)

Himoyachilar:

  • Avazbek O‘lmasaliyev (OKMK)

  • Jahongir O‘rozov («Dinamo»)

  • Rustam Ashurmatov («Istiqlol», Eron)

  • Umar Eshmurodov («Nasaf»)

  • Abduqodir Husanov («Manchester Siti», Angliya)

  • Abdulla Abdullayev («Dibba», BAA)

  • Farruh Sayfiyev («Neftchi»)

  • Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»)

  • Sherzod Nasrullayev («Paxtakor»)

  • Behruz Karimov («Surxon»)

Yarimhimoyachilar:

  • Sherzod Esanov («Buxoro»)

  • Odil Hamrobekov («Traktor», Eron)

  • Akmal Mozgovoy («Paxtakor»)

  • Otabek Shukurov («Baniyas», BAA)

  • Jamshid Iskanderov («Neftchi»)

  • Aziz G‘aniyev («Al Batayeh», BAA)

Hujumchilar:

  • Abbos Fayzullayev («Istanbul Bashakshehir», Turkiya)

  • Jaloliddin Masharipov («Istiqlol», Eron)

  • Doston Hamdamov («Paxtakor»)

  • Oston O‘runov («Persepolis», Eron)

  • Aziz Amonov («Dinamo»)

  • Igor Sergeyev («Persepolis», Eron)

  • Eldor Shomurodov («Istanbul Bashakshehir», Turkiya)

Muxlislar chorlovi: Fabio Kannavaro boshchiligidagi «Oq bo‘rilar»ga o‘z tariximizdagi ilk Jahon chempionati bahslarida ulkan zafarlar va tarixiy g‘alabalar yor bo‘lishini tilab qolamiz. Olg‘a, O‘zbekiston!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 uchun yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi