date

O‘zbekistonlik hojilarning yurtga qaytish sanasi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik hojilarning yurtga qaytish sanasi ma’lum bo‘ldi

Bugun, 2 iyun kuni "Haj – 2026" mavsumini ado etgan o‘zbekistonlik ziyoratchilarni olib keluvchi dastlabki aviareyslar Jidda–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yurtimizga yetib keladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, birinchi navbatda Toshkent shahridan haj safariga jo‘nab ketgan ziyoratchilar vatanga qaytib keladi. Shu munosabat bilan hojilarni kutib olish tadbirlari tashkil etilmoqda.

Shuningdek, ziyoratchilarni respublikadagi 10 ta xalqaro aeroportda tantanali kutib olish rejalashtirilgan. Mas’ullar hojilarning xavfsiz va qulay tarzda manzillariga yetib borishini ta’minlash choralarini ko‘rmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, Jidda shahridan o‘zbekistonlik hojilarni olib kelish jarayoni 2026 yil 19 iyunga qadar davom etadi. Haj ibodatini ado etgan minglab fuqarolar bosqichma-bosqich yurtimizga qaytariladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonlik hojilarning yurtga qaytish sanasi ma’lum bo‘ldi