Navoiy shahridagi ko‘p qavatli uyda yirik yong‘in yuz berdi

Navoiy shahrida ko‘p qavatli uyda katta yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa 2 iyun tonggi soat 04:19 da Alisher Navoiy ko‘chasidagi turar-joy binosida yuz bergan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yong‘in haqida xabar tushishi bilan tezkor choralar ko‘rilgan. 7 ta qutqaruv bo‘linmasi va 2 ta avtonarvon voqea joyiga atigi 4 daqiqa ichida yetib borgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in 9-qavatdagi bir nechta xonadonlarga tarqalib, jami 8 ta xonadonga zarar yetkazgan. Taxminan 300 kvadrat metr maydonda tom, shift va ichki qismlar yonib shikastlangan.
Yong‘inni to‘liq bartaraf etish ishlari bir soatdan ortiq davom etgan. Mutasaddilar voqea joyini sovitish va xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘rishgan.
Yaxshiyamki, hozircha hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida rasmiy ma’lumot kelib tushmagan. Tekshiruv ishlari davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!