date

Jezush Ronalduga dam berilishini ma'lum qildi

Jezush Ronalduga dam berilishini ma'lum qildi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nima sababdan yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada jamoaga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, aynan shu bahsda uning ishtiroki bo'lmaydi.

Jezushning aytishicha, tig'iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berish qarori qabul qilingan. Murabbiy buning ortidan chempionatdagi "Al-Fateh"ga qarshi muhim o'yin borligini ta'kidladi.

Shuningdek, u Ronaldu uchun bunday amaliyot yangilik emasligini eslatdi: forvard Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda avval ham bir necha bor maydonga tushmagan.

Saudiya chempionatining "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba kuni, 14-fevral sanasida bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga dam berilishini ma'lum qildi