Argentinada di Mariya simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vatani Argentinaga qaytganidan keyin dastlab ijobiy taassurot uyg'otdi, biroq oradan ko'p o'tmay vaziyat keskinlashdi. Bu safar gap uning o'yinidagi natijalar haqida emas, balki raqiblar va muxlislar orasida kuchaygan norozilik haqida bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionatida "Rosario Sentrál" safida to'p surayotgan sobiq "Manchester Yunayted" va "Real" futbolchisi tez-tez simulyatsiya qiladi, degan e'tirozlar yangramoqda. Mahalliy forumlarda "nega di Mariyani hiylasi uchun ogohlantirishmaydi", "u yulduz, lekin bunday harakatlari zeriktirdi" va "shuncha mahoratli futbolchining penalti so'rab yiqilishi achinarli" kabi keskin fikrlar ko'paygan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing