Garri Keyn XXI asrda penaltidan gol urishda uchinchi

"Bavariya" hujumchisi Garri Keyn faoliyatidagi 100-penaltisini aniq ijro etdi. Angliyalik forvard Bundesliga doirasida "Verder"ga qarshi uchrashuvda (3:0) 11 metrlik zarbani golga aylantirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu o'yinning o'zida 32 yoshli futbolchi yana bir muhim marrani zabt etib, umumiy hisobda faoliyatidagi 500-goliga yetdi.
FIFA World Cup Stats ma'lumotiga ko'ra, Keyn XXI asrda penaltidan 100 ta gol urgan atigi uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ko'rsatkich bo'yicha undan faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) oldinda bormoqda.
Garri Keyn 2023 yilda "Tottenhem"dan "Bavariya"ga o'tgan. U klubdagi professional faoliyatini aynan London jamoasida boshlagan va uzoq yillar shu jamoa safida to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing