Nant klub tarixidagi eng yomon seriyani takrorlashi mumkin

Fransiyaning "Nant" jamoasi klub tarixidagi eng noxush ko'rsatkichlardan birini qayd etish xavfi ostida. Mamlakatning eng sovrindor klublaridan biri bo'lgan "Nant" ketma-ket besh uchrashuvda mag'lub bo'lib, salbiy seriyani davom ettirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agar navbatdagi turda ham omad kulib boqmasa, "Nant" 1999 yil kuzida o'rnatilgan antirekordni takrorlaydi. O'shanda jamoa Reynal Denueks boshqaruvida Fransiya chempionatida ketma-ket olti marta yutqazgan, keyinchalik u Ispaniyaning "Real Sosyedad" klubida rossiyalik yarim himoyachi Valeriy Karpinni ham shug'ullantirgan.
Keyingi turda "Nant" "Gavr"ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing