Ikardi xet-triki Galatasaray tarixida yangi rekord olib keldi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida «Galatasaray» «Eyupspor»ni 5:1 hisobida yirik mag'lub etdi. Uchrashuv qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi — u o'yinda uchta gol urib, jamoasiga ishonchli g'alaba keltirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ikardining bu xet-triki «Galatasaray» tarixida muhim natija bilan yakunlandi: u klub tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. Mauro to'plar soni bo'yicha ruminiyalik Gheorghe Hagi natijasini ortda qoldirdi — Hagi «Galatasaray» safida 75 gol urgan bo'lsa, Ikardining hisobida endi 76 ta gol bor.
Umumiy to'purarlik reytingida esa argentinalik hujumchi hozircha yettinchi pog'onani egallab turibdi. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri «Galatasaray» sharafini himoya qilmoqda, undan avval u «PSJ»da o'ynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!