date

RB Leyptsig tajribali darvozabonidan bir muddat ayrildi

RB Leyptsig tajribali darvozabonidan bir muddat ayrildi

Germaniyaning «RB Leyptsig» klubi asosiy darvozaboni Peter Gulachini kamida bir yarim oyga yo‘qotdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vengriyalik posbon yaqinda «Volfsburg»ga qarshi uy uchrashuvida jarohat olgan. U bahsning birinchi bo‘limidayoq maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Yaxshi tomoni, futbolchiga operatsiya kerak emas. Shifokorlar uning chap tizzasidagi medial kollateral bog‘lam uzilganini aniqladi. Gulachi joriy mavsumda 22 rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 10 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

«RB Leyptsig» Bundesligada 40 ochko bilan turnir jadvalining beshinchi pog‘onasida bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » RB Leyptsig tajribali darvozabonidan bir muddat ayrildi