date

Jikiya Antalyasporni tark etib, RPLga qaytishi mumkin

Jikiya Antalyasporni tark etib, RPLga qaytishi mumkin

Rossiyalik himoyachi Georgiy Jikiyaning kelajagi borasida uning agenti Malik Arutyunov izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, futbolchi maoshlar kechikayotgani sababli norozi va shu bois Rossiya Premyer-ligasi klublaridan tushayotgan variantlarni ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, to'lovlar noyabr oyidan beri ushlab qolinmoqda, biroq Jikiya Turkiyadagi hayotidan umuman olganda mamnun.

32 yoshli himoyachi Antalyaspor safiga o'tgan yil yozida kelib qo'shilgan. U turk klubi bilan ikki yillik mehnat shartnomasini imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Jikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya Antalyasporni tark etib, RPLga qaytishi mumkin