Krishtianu Ronaldu yozda Yevropaga qaytishi mumkin

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni bartaraf etdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozgi transferlar davrida portugaliyalik yulduz klubini o‘zgartirishi ehtimoli saqlanib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendes allaqachon Yevropaning top klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli Ronalduni yozda tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.
Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligining mijozi sifatida ko‘rsatilgan.
Ronaldu va «Al-Nasr» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!