date

Ronalduni Yevropaning top-klubiga qaytarish harakati boshlandi

Ronalduni Yevropaning top-klubiga qaytarish harakati boshlandi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirib, boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o‘zgartirishi ehtimoli yana kun tartibiga chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendesh Yevropaning bir qator top-klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli Ronaldu bo‘yicha yozgi transfer oynasida takliflar bermoqda.

Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab Mendesh bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendesh agentligining mijozi sifatida ko‘rsatilgan.

Ronaldu va «Al-Nasr» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduni Yevropaning top-klubiga qaytarish harakati boshlandi