RB Leyptsig tajribali darvozabonsiz kamida olti hafta qoladi

Germaniyaning «RB Leyptsig» klubi asosiy darvozaboni Peter Gulachi xizmatidan kamida bir yarim oy foydalana olmaydi. Bu haqda sharqiy nemis jamoasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vengriyalik posbon yaqinda «buqalar»ning «Volfsburg»ga qarshi uy uchrashuvida jarohat olgandi. Gulachi birinchi bo‘limdayoq maydonni tark etishga majbur bo‘lgan.
Xushxabar shundaki, futbolchiga jarrohlik amaliyoti kerak emas. Tibbiy tekshiruvlar uning chap tizzasidagi medial kollateral bog‘lam uzilganini ko‘rsatdi. Gulachi joriy mavsumda 22 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 10 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.
Bundesliga turnir jadvalida «RB Leyptsig» hozircha 40 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing