Barselona Pedrining kamtarona hayot tarzidan mamnun

“Barselona”da Pedrining faqat maydondagi o‘yini emas, balki hayotga bo‘lgan yondashuvi ham yuqori baholanmoqda. The Touchline xabariga ko‘ra, klubning sport bo‘limi 23 yoshli futbolchining kamtarligi va sokin turmush tarzi bilan hayratda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Pedri mablag‘ini hashamatli avtomobillar yoki qimmatbaho taqinchoqlarga sarflashdan yiroq: u uzoq muddatli kapital shakllantirishga urg‘u bermoqda. “Barselona” esa yarimhimoyachining ko‘chmas mulkka yo‘naltirilgan sarmoyalarini qo‘llab-quvvatlayapti — u Ispaniya bo‘ylab mehmonxonalarni sotib olish va ta’mirlash loyihalariga pul tikmoqda.
Pedri “Barselona” safida 227 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan. Ushbu uchrashuvlarda u 28 ta gol urib, 29 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Hozirda “Barselona” La Ligada ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!