Ronaldu Yevropaning top klublariga taklif qilinmoqda

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik superyulduz klubini o‘zgartirishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendesh Yevropaning bir qator top klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.
Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyingi kelishmovchiliklar sabab Mendesh bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida gaplar chiqqandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendesh agentligining mijozi sifatida ko‘rsatilgan.
Ronaldu va «Al-Nasr» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!