date

Ikardi het-trigi Galatasaray tarixida yangi rekord o'rnatdi

Ikardi het-trigi Galatasaray tarixida yangi rekord o'rnatdi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida Galatasaray o'z maydonida Eyupsporni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuvning asosiy qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'lib, u uchta gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu het-trik Ikardiga klub tarixidagi yangi yutuqni ham olib keldi: u Galatasaray safida eng ko'p gol urgan legionerga aylandi. Avval bu ko'rsatkich ruminiyalik Georghe Hadjiga tegishli edi — 75 gol, Ikardining hisobida esa endi 76 ta gol bor.

Umumiy to'purarlar ro'yxatida argentinalik futbolchi hozircha yettinchi pog'onani egallab turibdi. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi Galatasarayda 2023 yildan beri to'p surmoqda, undan avval u PSJ sharafini himoya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi het-trigi Galatasaray tarixida yangi rekord o'rnatdi