date

Barselona Pedrining kamtarona hayot tarzidan hayratda

Barselona Pedrining kamtarona hayot tarzidan hayratda

“Barselona”da Pedri faqat maydondagi o‘yinlari bilan emas, balki shaxsiy hayotdagi tutumi bilan ham yuqori baholanmoqda. The Touchline xabariga ko‘ra, klubning sport bo‘limi 23 yoshli yarim himoyachining kamtarligi va xotirjam turmush tarzidan iliq taassurotda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etilishicha, Pedri hashamatli avtomobillar yoki qimmatbaho taqinchoqlarga pul sovurmaydi. U e’tiborini uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikka qaratgan va sarmoya yo‘nalishini ongli tanlagan.

“Barselona” futbolchining ko‘chmas mulkka kiritayotgan investitsiyalarini qo‘llab-quvvatlamoqda: Pedri Ispaniyaning turli hududlarida mehmonxonalar sotib olib, ularni ta’mirlash va rivojlantirishga mablag‘ yo‘naltirmoqda.

Pedri “Barselona” safida 227 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu o‘yinlarda u 28 ta gol urib, 29 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Hozirda “Barselona” La Ligada ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Pedrining kamtarona hayot tarzidan hayratda