Ikardi xet-trik bilan Galatasaray tarixiga kirdi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida Galatasaray Eyupsporni 5:1 hisobida yirik mag'lub etdi. Uchrashuvda argentinalik hujumchi Mauro Ikardi uchta gol urib, jamoasining asosiy qahramoniga aylandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ikardining ushbu xet-trigi unga klub tarixida yangi marrani taqdim etdi: u Galatasaray safida eng ko'p gol urgan legionerga aylandi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u ruminiyalik Georhe Hadhini ortda qoldirdi — Hadhida 75 ta gol bo'lgan, Ikardining hisobida esa endi 76 ta gol bor.
Umumiy to'purarlar ro'yxatida argentinalik forvard hozircha yettinchi o'rinda qayd etilmoqda. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri Galatasaray sharafini himoya qilmoqda, undan avval u PSJ tarkibida o'ynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing