Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhue AChLda yutqazib qo'ydi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin «Shanghai Shenhue» pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. Sakkizinchi turda Leonid Slutskiy jamoasi «Buriram United»ga qarshi hech bo'lmasa turnir bilan munosib xayrlashishga urindi, ammo bu ham amalga oshmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida taylandliklar foydasiga yakunlandi. «Buriram United» ilk bo'limning avvalidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi, keyin esa «Shanghai Shenhue» bir futbolchidan ayrilib, o'yindagi intriga deyarli so'ndi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanghai Shenhue» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing