Ikardi xet-trigi Galatasaray tarixida yangi rekord o'rnatdi

Turkiya chempionatining 22-turida «Galatasaray» «Eyupspor»ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuvda argentinalik hujumchi Mauro Ikardi uch bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Xet-trik Ikardiga klub tarixidagi muhim yutuqni ham olib keldi: u «Galatasaray» safida 76 ta gol urib, jamoa tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. Shu tariqa u ruminiyalik Georgi Hajiyning 75 golga teng ko'rsatkichini ortda qoldirdi.
«Galatasaray»ning barcha davrlardagi eng yaxshi to'purarlari umumiy ro'yxatida Ikardi hozircha yettinchi pog'onani egallab turibdi. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri Istanbul klubi sharafini himoya qiladi, undan avval u «PSJ» safida o'ynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!