Markinyos Saudiya emas, faqat Qatarga ko'chishni xohlaydi

Rossiyalik futbol ishqibozlari uchun Saudiya Arabistoni ham, Qatar ham bir xil - Sharqning sirli ekzotikasi bo'lib tuyulishi mumkin. Biroq braziliyalik Markinyos bu ikki yo'nalishni mutlaqo bir xil ko'rmaydi: u Saudiya Arabistoniga borishni qat'iyan istamayapti, ammo Qatar variantiga rozilik bildirgan, deya yozadi fransuz nashri L'Equipe. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
31 yoshli tajribali himoyachi 2013 yildan beri PSJ safida to'p surib keladi. Parij klubida undan ham uzoqroq vaqt davomida o'ynab kelayotgan futbolchi hozircha yo'q.
Markinyos faoliyati davomida Braziliyaning "Korintians"i hamda Italiyaning "Roma"si sharafini ham himoya qilgan. U Braziliya milliy jamoasi tarkibida 95 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing