Ronaldu Yevropaning top klublariga taklif qilinmoqda

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o‘zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendesh Yevropadagi top klublar bilan bog‘lanib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.
Bir necha yil avval OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin kelishmovchiliklar sabab Mendesh bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendesh agentligining mijozi sifatida ko‘rsatilgan.
Hozirda Ronalduning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!