date

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o‘ynaydi. Portugaliyalik hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.

«Zich taqvim sabab Ronaldo va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim o‘yin bor», — deya Jezushning so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Murabbiy, shuningdek, Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqaridagi bahslarda vaqti-vaqti bilan ishtirok etmasligi yangilik emasligini ta’kidladi.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi