date

Ronaldu Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin

Ronaldu Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirib, boykotdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o‘zgartirishi ehtimoli yana kun tartibiga chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendes Yevropaning yetakchi klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.

Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin kelib chiqqan kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligining mijozi sifatida ko‘rsatilgan.

Ronalduning amaldagi shartnomasi uni «Al-Nasr» bilan 2027 yilning o‘rtalarigacha bog‘lab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin