Bavariya Kim Min Je bilan xayrlashishga tayyor

Myunxenning “Bavariya” klubida to'p surayotgan markaziy himoyachi Kim Min Je yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq futbolchiga Angliya Premyer-ligasining ikki klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
SPORT BILD ma’lumotiga ko'ra, “Bavariya” sport direktori Maks Eberl o'tgan yozdayoq Kim Min Je atrofidagilarga, yaxshi taklif tushsa klub futbolchi bilan xayrlashishga tayyorligini bildirgan. Klubning bu boradagi pozitsiyasi hozir ham o'zgargani yo'q. Shunga qaramay, manbada koreyalik himoyachi Myunxenda o'zini juda qulay his qilayotgani va jamoada unga berilgan hozirgi rolni qabul qilgani ta’kidlanadi.
Joriy mavsumda 29 yoshli janubiy koreyalik barcha musobaqalarda 23 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!