Konrad Laymer yangi shartnoma bo'yicha muzokara yo'qligini aytdi

Myunxenning «Bavariya» klubida to'p surayotgan himoyachi Konrad Laymer jamoa bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avstriyalik futbolchining so'zlariga ko'ra, hozircha tomonlar o'rtasida deyarli hech qanday faol muzokara ketmayapti. «Hozir muzokaralar deyarli yo'q. Baribir xotirjamman, bu haqda ortiqcha bosh qotirishning hojati yo'q», — deya Laymerning gaplarini SPORT BILD keltirdi.
Laymer «Bavariya»ga 2023 yil yozida kelib qo'shilgan. Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Himoyachining Myunxen grandi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, Laymerning bozor qiymati 32 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!