Bavariya Kim Min Jeni yaxshi taklif bo'lsa sotishi mumkin

“Bavariya”ning markaziy himoyachisi Kim Min Je yaqin kelajakda Myunxen klubini tark etishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq futbolchiga Angliya Premyer-ligasining ikki klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
SPORT BILD ma’lumotiga ko‘ra, “Bavariya” sport direktori Maks Eberl o‘tgan yozdayoq Kim Min Je atrofidagilarga: agar munosib taklif tushsa, klub himoyachi bilan xayrlashishga tayyorligini yetkazgan. Manbaga ko‘ra, “Bavariya”ning bu boradagi pozitsiyasi hanuz o‘zgargani yo‘q. Shunga qaramay, futbolchining o‘zi Myunxenda o‘zini juda qulay his qilayotgani va jamoada hozirgi rolini qabul qilgani ta’kidlanadi.
Joriy mavsumda 29 yoshli janubiy koreyalik barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!