Aleksandr Yelagin Ronalduning qaytishini yorqin baholadi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turida safarda o‘tgan uchrashuvda «An-Nasr» «Al-Fateh»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollardan biriga 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi — u boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan so‘ng futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin yulduz portugaliyalikning o‘yiniga alohida to‘xtaldi.
Yelagin ijtimoiy tarmoqlardagi fikrida Ronaldu nafaqat gol urganini, balki himoyada ham faol ishlaganini ta’kidladi: u bir necha bor jarima maydonchasida to‘pni xavfdan uzoqlashtirdi. Sharhlovchi 41 yoshli hujumchining maydondagi harakati va shijoatini yuqori baholab, uning «yosh boladek yugurayotganini» yozdi.
Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 19 o‘yinda 18 ta gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!