date

Marsel bosh murabbiylikka Habib Beye tayinlanganini e'lon qildi

Marsel bosh murabbiylikka Habib Beye tayinlanganini e'lon qildi

«Marsel» bosh murabbiylikka Habib Beyeni olib keldi. 48 yoshli mutaxassis tayinlangani klub matbuot xizmati tomonidan rasman tasdiqlandi. Senegalilik murabbiyning so'nggi ish joyi «Renn» bo'lib, u bu lavozimni oy boshida tark etgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Habib Beye futbolchi sifatida ham «Marsel» safida to'p surgan: u 2003–2007 yillarda jamoa sharafini himoya qilgan. U «oq-ko'klar»ni o'tgan hafta iste'foga chiqqan Roberto de Dzerbi o'rnida boshqaradi.

Hozirda «Marsel» Liga 1 turnir jadvalida 22 turdan keyin 40 ochko bilan to'rtinchi pog'onada bormoqda. Jamoa juma kuni safarda «Brest»ga qarshi chempionat uchrashuvini o'tkazadi, o'yin 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marsel bosh murabbiylikka Habib Beye tayinlanganini e'lon qildi