Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vatani Argentinaga qaytib, dastlab yaxshi taassurot qoldirdi. Biroq keyinroq uning atrofida sport natijalaridan ko'ra ko'proq maydondagi harakatlari bilan bog'liq bahslar kuchaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Raqib jamoalar va muxlislar di Mariyani tez-tez yiqilib, jarima zarbalari hamda penalti ishlashga urinmoqda, deya tanqid qilmoqda. Argentina chempionatida «Rosario Sentral» safida to'p surayotgan sobiq «Manchester Yunayted» va «Real» futbolchisi haqidagi bahslar forumlarda ham avj olgan: ayrimlar hakamlar uning «hiylalari»ga ko'z yumayotganini, boshqalar esa yulduz futbolchining penalti so'rab o'zini tashlashini keskin qoralamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing