Pablo Longoriya ham Marseldan ketish haqida o'ylamoqda

Fransiyaning «Marsel» klubi mavsum o'rtasida ichki inqiroz girdobiga kirib qoldi: bosh murabbiy Roberto de Dzerbining ketishidan keyin sport direktori Mehdi Benatiya ham klubni tark etish niyatida edi, biroq uni qandaydir yo'l bilan fikridan qaytarishgan ko'rinadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endi esa yana bir muhim shaxs — klub prezidenti Pablo Longoriya ham ketish variantini ko'rib chiqmoqda. Bunga sabab, «Marsel» egasi bo'lgan amerikalik Frank Makkurt Longoriyaning vakolatlarini qisqartirib, unga asosan vakillik vazifalarini qoldirishga qaror qilgani aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, hozirda «Marsel» Fransiya Liga 1 turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing