date

Marsel prezidenti Longoriya ham klubni tark etishi mumkin

Marsel prezidenti Longoriya ham klubni tark etishi mumkin

Fransiyaning «Marsel» klubi mavsum o'rtasida jiddiy beqarorlikni boshdan kechirmoqda. Bosh murabbiy Roberto de Dzerbining ketishidan keyin sport direktori Mehdi Benatiya ham iste'foga yaqin bo'ldi, biroq u qandaydir yo'l bilan qolishga ko'ndirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endi klubdagi yana bir muhim shaxs — prezident Pablo Longoriya ham ketish haqida o'ylamoqda. Bunga «Marsel» egasi, amerikalik Frenk Makkurt Longoriyaning vakolatlarini qisqartirib, unga asosan vakillik funksiyalarinigina qoldirishni ma'qul ko'rgani sabab bo'layapti.

Eslatib o'tamiz, hozir «Marsel» Fransiya chempionati — Liga 1 turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marsel prezidenti Longoriya ham klubni tark etishi mumkin