Fabregas Komo Milan bilan o'yinda hammasini yaxshi qildi

Italiyaning «Komo» jamoasini boshqarayotgan ispaniyalik mutaxassis Sesk Fabregas «Milan»ga qarshi durangdan so'ng uchrashuv haqida fikr bildirdi. Tomonlar bittadan gol urdi, bahs davomida «Milan» hisobni tenglashtirishga majbur bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fabregasning aytishicha, bugungi o'yinda «Komo» raqibidan ko'ra ishonchliroq harakat qilgan: «Milan» ikkinchi bo'lim o'rtalarigacha ularning darvozasiga ilk bor aniq zarba bera olgan. Murabbiy uchrashuv yoqqanini ta'kidladi, biroq Salemakerсga qizil kartochka ko'rsatilishi kerak edi, deya hisoblaydi — uning fikricha, bu holat «Komo»ga g'alabani olib kelishi mumkin edi. Endi jamoa keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'radi va Fabregas navbatdagi bahsda ham shunday dadil o'ynashga umid bildirdi.
Ayni paytda «Komo» A Seriya turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!