Slutskining «Shanxay»i Osiyo Chempionlar ligasida yutqazib yakunladi

«Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatini yo'qotdi. 8-turda Leonid Slutskiy jamoasi turnir bilan xayrlashish oldidan kamida munosib javob qaytarishni istadi, ammo bu reja amalga oshmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand vakili «Buriram Yunayted» uchrashuvda 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar birinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida ikki bor darvozani ishg'ol qilib, o'yin taqdirini erta hal qildi. Keyinroq «Shanxay Shenxua» bir futbolchisi chetlatilib, intriga deyarli so'ndi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing