Dmitriy Sychev Marselda haddan tashqari e'tibor haqida gapirdi

O‘tgan yillarda taniqli bo‘lgan futbolchi Dmitriy Sychev 2003–2004 yillarda fransuzning «Marsel» klubida to‘p surgan davrlarini yodga oldi. Uning aytishicha, Marselda futbolchilarga bo‘lgan e’tibor shu qadar kuchli ediki, oddiy hayot ham qiyinlashib ketgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sychev «Sport-Ekspress»ga bergan izohida, do‘konga chiqishning o‘zi ham muammoga aylanganini ta’kidladi: mahsulot olishga borsa, 20–30 daqiqa davomida muxlislar bilan suratga tushishga to‘g‘ri kelgan, shundan keyingina xarid qilishga imkon bo‘lgan. U buni «haqiqiy ajio'taj» deb atadi.
Shu sababli futbolchi vaziyatdan chiqish uchun yashash joyini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan va shahar tashqarisiga ko‘chib o‘tganini aytdi.
Ma’lumot uchun, Sychev «Marsel» safida barcha musobaqalarda 44 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan hamda 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!