Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vatani Argentinaga qaytdi va dastlabki ijobiy o‘yinlardan keyin u kutilmagan bosimga duch keldi. Muammo uning natijalaridan ko‘ra ko‘proq raqiblar hamda muxlislar noroziligi bilan bog‘liq: ular Di Mariya maydonda tez-tez yiqilish va jarima zarbasi yoki penalti «so‘rash»ga urinadi, deb hisoblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionati muhokama qilinadigan forumlarda «nega Di Mariyani hiylalari uchun ogohlantirishmaydi», «u yulduz, lekin bunday harakatlar zeriktirib yubordi», «shunday mahoratli futbolchining penaltini shu qadar ochiqchasiga talab qilishi achinarli» kabi fikrlar ko‘paygan. Avval «Manchester Yunayted» va «Real»da o‘ynagan vinger hozir «Rosario Sentral» safida maydonga tushmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing