Sychyov Marselda muxlislar bosimi sabab uyini almashtirganini esladi

Avval mashhur futbolchi bo‘lgan Dmitriy Sychyov 2003–2004 yillarda Fransiyada «Marsel» safida to‘p surgan. U o‘sha davrni yodga olib, Marselda futbolchilarga bo‘lgan e’tibor haddan tashqari kuchli bo‘lganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sychyovning so‘zlariga ko‘ra, hatto oddiy do‘konga chiqish ham muammoga aylangan: oziq-ovqat olishga borsa, 20–30 daqiqani muxlislar bilan suratga tushishga sarflab, shundan keyingina mahsulot tanlashga kirishgan. «Haqiqiy shov-shuv edi», — deya uning fikrini keltiradi «Sport-Ekspress».
Shu sababli Sychyov odamlar orasida kamroq ko‘rinish uchun shahar tashqarisiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lganini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Sychyov «Marsel» safida barcha turnirlarda 44 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!