date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua turnirni mag‘lubiyat bilan yakunladi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua turnirni mag‘lubiyat bilan yakunladi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin «Shanxay Shenhxua» pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi o‘yin Leonid Slutskiy jamoasi uchun musobaqa bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish edi, biroq bu safar ham «eshikni qarsillatib yopish»ning iloji bo‘lmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Buriram Yunayted» birinchi taym boshlaridayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Oradan ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenhxua» bir futbolchiga kamayib qoldi va bu holat o‘yin intrigasini deyarli yo‘qqa chiqardi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenhxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua turnirni mag‘lubiyat bilan yakunladi