Yevropa Ligasi bahsiga Elagin gol bo‘yicha taxmin berdi

Yevropa Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi ilk stikov uchrashuvda Istanbulning «Fenerbahche» jamoasi «Nottingem Forest»ni qabul qiladi. Ushbu to‘qnashuv oldidan futbol sharhlovchisi Aleksandr Elagin o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Elaginning aytishicha, «Nottingem Forest» APLda quyi pog‘onalarga yaqin bo‘lsa-da, Yevropa Ligasida munosib o‘yin ko‘rsatmoqda. Uning fikricha, bo‘lajak bahsda aniq favorit yo‘q, shuning uchun gollar bo‘yicha variantni ko‘rib chiqish mantiqiy. Sharhlovchi uchrashuvda 2-3 ta gol bo‘lishini taxmin qildi.
«Fenerbahche» — «Nottingem Forest» uchrashuvi bugun, 19 fevral kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi. O‘yin 22:45 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing