date

Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vatani Argentinaga qaytib, dastlabki o'yinlarda ijobiy taassurot qoldirgandi. Biroq keyin vaziyat o'zgardi: muammo natijalarda emas, balki raqiblar va muxlislar orasida kuchaygan norozilikda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentina chempionatida «Rosario Sentrall» safida to'p surayotgan sobiq «Manchester Yunayted» va «Real» futbolchisini ko'plar maydonda tez-tez yiqilib, jarima zarbasi yoki penalti olishga urinadi, deya tanqid qilmoqda. Mahalliy forumlarda ham di Mariyaning “hiylalari” uchun nega ogohlantirilmayotgani, uning yulduzligi bunday epizodlarni oqlamasligi va penalti “so'rashi” achinarli ekani haqida keskin fikrlar ko'paygan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi